Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Superliga. «O‘zbek klasikosi»ga prevyu

Superliga. «O‘zbek klasikosi»ga prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 18-turida muxlislar navbatdagi bor «o‘zbek klasikosi»ga guvoh bo‘lishadi. «Neftchi» Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo‘ladi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 59 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik «Paxtakor» tarafida - 28 g‘alaba, 9 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 97 to‘p kiritgan "Sherlar" 70 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Toshkentdagi bellashuvlarning 21 tasida «Paxtakor» ustun kelgan bo‘lsa, 6 bahsda farg‘onaliklar g‘alaba qozongan. Ikki o‘yin durang bilan tugagan. Toshkentliklar uydagi to‘qnashuvlarda 59 gol urgan holda 17 to‘p o‘tkazib yuborgan. «Paxtakor» 10 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, «Neftchi»da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va «Paxtakor» ularning 12 tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda "sherlar" muvaffaqiyatga erishgan.

«Paxtakor»ning eng yirik g‘alabasi 6:0, «Neftchi»da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.

«Paxtakor» va «Neftchi» o‘rtasidagi o‘zbekona mumtoz to‘qnashuv 13 sentyabr, juma kuni "Jar" stadionida soat 19:30da boshlanadi.

Kiritildi: 18:38, 11.09.2024.
O'qildi: 4017 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик