Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shaxmat, Budapesht-2024. Qizlarimizdan sensasion davom etadi, yigitlarimiz imkoniyatni boy berishdi

Shaxmat, Budapesht-2024. Qizlarimizdan sensasion davom etadi, yigitlarimiz imkoniyatni boy berishdi

Baho:
+ | -

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bugun Butunjahon shaxmat olimpiadasining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bu turda Vyetnamga qarshi dona surgan bo‘lsa, qizlarimizga Bolgariya raqiblik qildi.

Vyetnamliklarning har biri bahs boshidanoq yigitlarimizga jiddiy qarshilik ko‘rsata boshlashdi. Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev endshpilda qo‘pol xato evaziga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Nodirbek Abdusattorov va Jahongir Vohidov g‘alaba uchun kurashishdi, ammo ularning o‘yini durang bilan yakunlandi. Natijada O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi turnirda ilk marta mag‘lubiyat alamini tortdi — 1:3.

Qizlarimiz esa sensasiya davom ettirishdi. Bu safar jamoamizga bolgariyalik qizlar dosh bera olishmadi. Umida Omonova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova durangga imzo chekishdi. Birinchi raqamli shaxmatchimiz Afruza Hamdamova esa jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Antoaneta Stefanovani mag‘lub etdi. Oqibatda jamoamiz 2,5 - 1:5 hisobida to‘qnashuvni o‘z foydasiga hal etishdi.

Ushbu g‘alaba tufayli O‘zbekiston ayollar terma jamoasining ochkolari 8 taga yetdi va jamoamiz peshqadamlar safida borishda davom etadigan bo‘ldi.

Jamoalarimizning 5-turdagi raqiblari keyinroq aniq bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:35, 14.09.2024.
O'qildi: 3632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик