Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

La liga. «Real» penaltidan urilgan 2 ta gol evaziga qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Real» penaltidan urilgan 2 ta gol evaziga qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida "Real Madrid" safarda "Real Sosyedad" klubi mehmoni bo‘ldi.

Mezbonlar birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Tanaffusga qadar mezbonlar tomonidan yo‘llangan zarbalar natijasida to‘p 2 marta "Madrid" darvozasi to‘siniga tekkan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida "Sosyedad" futbolchisi Suchich ustunni nishonga oldi.

Bahsning 57-daqiqasida esa Gyuler yo‘llagan kuchli zarbadan so‘ng yuziga qarab borayotgan to‘pni Serxio Gomes qo‘li bilan qaytardi. Penaltini Vinisius aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Oradan 15 daqiqa o‘tib «Madrid» yana bir penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi: himoyachi Xon Aramburu o‘z jarima maydoni ichida Vinisiusning oyog‘ini bosib oldi. Hakam VAR yordamida penalti belgiladi. Junior 11 metrli jarima zarbasi tepish imkoniyatini Mbappega berdi va Kilian ham bundan unumli foydalandi.

"Real" ushbu g‘alaba evaziga o‘z ochkolarini 11 taga yetkazib, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tirilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 5-tur
Real Sosyedad – Real Madrid 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 58, penalti Vinisius Junior, 0:2 – 75, penalti Mbappe.
Real Sosyedad – Remiro, Xavi Lopes (Munyos, 78), Agerd (Pacheko, 75), Aramburu, Subeldiya, Bekker (Barrenechea, 63), Serxio Gomes, Subimendi, Suchich (Turryentes, 75), Kubo, Sadik (Ouskarsson, 63).
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Karvaxal, Modrich, Valverde, Gyuler (Vaskes, 77), Braim Dias (Rodrigo, 25), Vinisius Junior, Mbappe (Endrik, 90).
Ogohlantirishlar: Sadik (17), Aramburu (28), Modrich (79), Pacheko (82), Barrenechea (83).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:21, 15.09.2024.
O'qildi: 2895 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.