Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

«Arsenal» Zinchenkoni yanvarda sotib yuborishga tayyor

«Arsenal» Zinchenkoni yanvarda sotib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

"TeamTalk" xabariga ko‘ra, «Arsenal» yangi chap qanot himoyachisi qidirishda bozorni faol kuzatib bormoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, ushbu pozisiyaga futbolchi sotib olish London klubining qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri bo‘ladi.

Qayd etilishicha, «Arsenal» Aleksandr Zinchenkoni sotishga va uning o‘rniga «Jirona»dan Migel Gutyerresni qo‘lga kiritishga tayyor.

«Kanonirlar» «Real Sosyedad»dan ijaradan qaytgan va hozirda jarohat olgan Kiran Tirni bilan ham xayrlashishni rejalashtirgan.

Yozda Gutyerresni butun Yevropadan ko‘plab klublar kuzatib borishmoqda, «Manchester Yunayted» uning transferi imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Yanvar oyida aynan mankunianliklar va «Arsenal» o‘rtasida 23 yoshli ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurash boshlanishi mumkin.

Kiritildi: 12:57, 18.09.2024.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.