Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari qayta ko‘rib chiqildi

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari qayta ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish allaqachon dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida ushbu muhim musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov, shuningdek, federasiya va assosiasiyalar mas’ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni Oybek Omilovich olib borar ekan, O‘yinlarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada o‘tkazish qanchalik muhimligi haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, yoshlar Osiyo o‘yinlari 2025-yilning sentyabr, yoshlar Para Osiyo o‘yinlari esa oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani, uning dasturiga kiruvchi taxminan 90 foiz sport turi aniq bo‘lib ulgurgani haqida ma’lumot berdi.

Yig‘ilish davomida federasiyalar bilan har bir sport turlaridagi bellashuvlar qaysi ob’ektda necha kun davomida o‘tkazilishi, qancha dasturlarda medallar o‘ynalishi borasida fikr almashildi.

O‘z navbatida, Azizjon Yakubjanovich barcha sport turidagi bellashuvlar uchun zarur inventarlar ro‘yxatini shakllantirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yakunda federasiyalarga O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan direksiya bilan ishlovchi mas’ullarni biriktirish, sport dasturlarini ko‘rib chiqish, xalqaro va Osiyo federasiyalari tomonidan ajratiladigan hakamlar va texnik delegatlar bo‘yicha ma’lumot shakllantirish, bahslarni o‘tkazish uchun zarur inventarlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish borasida ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 20:36, 18.09.2024.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.