Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshi Luka Modrich haqida gapirdi.
"U qachon nafaqaga chiqishni xohlashini bilmayman. U ajoyib fazilatlarga ega va u buni mashg‘ulotlarda ko‘rsatadi.
U 39 yoshda, lekin ko‘zlari baribir chaqnab turibdi.
Agar kerak bo‘lsa, u to‘liq 90 daqiqa yugurishi mumkin", - deya Kurtuaning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.