Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Aleksandr Krestinin: «Bahs ikkiga bo‘lindi: chetlatishgacha va chetlatishdan keyingi o‘yin»

Aleksandr Krestinin: «Bahs ikkiga bo‘lindi: chetlatishgacha va chetlatishdan keyingi o‘yin»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin Superliganing 19-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Navbahor"ga qarshi o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘yinni hal qilish uchun yetarlicha vaziyatlarga ega bo‘ldik. Biroq chetlatish o‘yinning borishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bahs ikkiga bo‘lindi: chetlatishgacha va chetlatishdan keyingi o‘yin. Barchasini tahlil qilib chiqamiz.

— Bugun raqiblar posboni Eldorbek Suyunov bir yarim yil deganda yashil maydonda ko‘rinish berdi. Uning o‘yiniga qanday baho bera olasiz? Bugun u jamoangizning bir qancha gollar urishiga yo‘l qo‘ymadi.
— Yana bir marta aytaman. Raqiblarga baho bera olmayman. Bugun bizda 5ta yuz foizlik imkoniyatlar bo‘ldi va ularning birortasini golga aylantira olmadik. Shularning 4tasida to‘pni darvozagacha yetkaza olmadik. Darvozabon quruq o‘yin o‘tkazdi.

— Demak, chetlatishdan keyin «Loko»ning o‘yini salbiy tomonga ketdi. Shundaymi?
— Darvozabonimiz golgacha o‘yinda ko‘rinish bermadi. Faqatgina darvozasi oldidan to‘pni o‘yinga kiritib turdi. To‘p ungacha yetib bormayotgandi. Ikkinchi bo‘limda esa raqib qizil kartochkadan keyin hujumga o‘tishni boshladi.

— O‘yindan qanchalik norozisiz?
— Maksimal darajada. Biz juda katta ustunlik qilib, mag‘lub bo‘ldik. Vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

— Qizil kartochkaga qanday baho berasiz?
— Hakamlarning ishini muhokama qilmayman. Albatta, futbolchilar doimo norozi bo‘lishadi. Lekin qizil kartochka berildi. Barchasiga ko‘nish kerak.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 22:54, 20.09.2024.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.