Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sergey Lushan: “Yigitlar bundan ko‘prog‘ini bajara olishlariga ishonaman”

Sergey Lushan: “Yigitlar bundan ko‘prog‘ini bajara olishlariga ishonaman”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida  mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Odatdagidek, “lochinlar” ustozi o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Og‘ir uchrashuv bo‘ldi. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, hujumdagi o‘yinimiz umuman o‘xshamadi. Buning uchun bizda yetarlicha sabablar bor: yetakchilarga dam berdik, Hamrobekov bugun o‘ynamadi. Shu sababli, yangicha bog‘lamlarni sinab ko‘rdik. Himoya haqida gapiradigan bo‘lsam, raqiblarda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, lekin gol ura olishmadi. Bizda esa birgina vaziyat bo‘ldi va undan foydalandik. O‘yinimizdan qoniqmadim.

Menimcha, kim gol urgan bo‘lsa, o‘sha jamoa yutdi. O‘yinimiz bobida xavotirlarim bor. Hozir menda ikki xil xissiyotlar bor: garchi yutgan bo‘lsak-da, men uchun barchasi xavotirli. Hamma o‘zi uchun o‘ynamoqda, maydonda tushunmovchilik yuz bermoqda. Umid qilamanki, rotasiyalar orqali bu holatni yo‘qotamiz. Barchasini ko‘rib, taxlil qilib chiqamiz.

Raqibga qarab o‘ynayotganimiz tushunarli. O‘yin bobida futbolchilarimdan ko‘prog‘ini kutgandim. Biz raqiblardan ko‘ra og‘irroq o‘ynadik, to‘pni nazorat qila olmadik. Balki maydon ham xalaqit qilgandir, chunki barcha futbolchilar to‘pning g‘alati sakrayotganini aytishdi. G‘alaba qozondik, gap yo‘q. O‘yinga borini berish bobida bizda muammolar yo‘q. Lekin aynan bugunga kelib, biz hujumga o‘tishga juda ham qiynaldik va umuman o‘yinimiz chiqmadi.

— Bugungi bahsda mahorat ham g‘alaba qozondi desa bo‘ladimi?
— Biz g‘alaba qozondik, birgina vaziyatimizdan foydalana oldik. Raqiblar esa ilk daqiqalarda 5 metrdan darvozamizni ishg‘ol qila olishmadi. Keyingi vazityada esa xuddi o‘sha nuqtadan futbolchimiz gol ura olmadi. Keyingi vaziyatda esa gol urdik. Darvozabonimiz Suyunov bugun ko‘p vaziyatda jamoani qutqardi, ayniqsa, jarima zarbasidan yaxshi seyv ko‘rdik. Uning o‘yinidan mamnunman. Lekin umumiy o‘yindan emas. Yigitlardan ko‘prog‘ini kutyapman. Ularga ruhiy bosim yuqori darajada bo‘lmoqda. Mag‘lub bo‘lgan bahslarimizda shunday vaziyatlarda o‘z darvozamizdan to‘plar o‘tkazib yuborayotgandik, bugun esa unday bo‘lmadi. Biz gol urdik. Balki taqdir charxpalagi teskari aylangandir. O‘tgan bahslar davomida realizasiya borasida muammolarimiz ko‘zga tashlangandi. Bugun esa hujumga chiqmadik ham. Albatta, bunga raqibning o‘yini sababli bo‘ldi. Yigitlar bundan ko‘prog‘ini bajara olishlariga ishonaman.

— Kelasi bellashuvlarda Sardor Rashidov va Odiljon Hamrobekovning maydonga tushishlariga umid qilsa bo‘ladimi?
— Sardorni maydonga tushish yoki tushmasligi faqatgina Yaratganga ayon. Uning o‘zi ham, biz ham maydonga tushishini istaymiz. Uning holatiga baho berib boramiz va fizioterapevt ruhsat bersa, maydonga tushiramiz. Hali oldinda ikki hafta bor. Uning maydonga tushishi ehtimoli yo‘q emas. Sardor Rashidov — bir o‘zi o‘yinni hal qila oladigan futbolchilar sirasidan. Hamrobekov esa charchagan. Uning mushaklarida jarohat bo‘lishidan qo‘rqdik. Barcha bahslarni almashtirishlarsiz o‘ynayotgan futbolchiga dam berish kerak edi. Uning “So‘g‘diyona” bilan bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishini ko‘rib chiqamiz. Barchasi uning jismoniy holatiga bog‘liq. U asosiy tarkib futbolchisi va uning maydonga tushishiga umid qilamiz. Shuningdek, Farrux Sayfiyev ham safga qaytishi kerak. Kubok finaliga to‘liq tarkib bilan borish uchun umid qilishimiz kerak.

— Jamoangiz “Paxtakor” bilan kechgan o‘yinda bor hissiyotlarini ishlatib yuborgandek. So‘nggi ikki bahsda futbolchilarda hech qanday hissiyot ko‘rinmadi. Yoki siz final oldidan asosiy “kozirlar”ni ochishni istamayapsizmi?

— Bizda shunday “kozirlar” bor ekanmi? Barcha “kozirlarim” maydonda. Biz nimalarnidir yashiradigan darajadagi mahoratli jamoa emasmiz. Hissiyot masalasiga kelsak, yigitlar anchagina charchashdi. Buni ko‘rib turibmiz. Bir qancha futbolchilar umuman almashtirishlarsiz o‘ynashmoqda. Almashtirishga imkoniyat bo‘lsa, almashtiryapmiz. Iloji bo‘lsa, mashg‘ulotda ham dam beryapmiz. Lekin bu hozircha yordam bermayapti. O‘zbekiston kubogi finaliga esa futbolchilarni ortiqcha ruhlantirish ham shart emas. Barchamiz insonlarmiz va finalning qanday ahamiyatga egaligini bilib turibmiz. Mashg‘ulotlarda kichik tanaffuslar bo‘layotgani esa hali bu jamoaga yordam beradimi, yo‘qmi, bu aniq emas. Barchasi tajribaga bog‘liq. Aniq ayta olaman, biz hech nimani yashirmayapmiz. Bizda shunchaki ko‘p iqtidorlar yo‘q.

— Internetda “Andijon” finalda g‘alabaga erishadigan bo‘lsa, futbolchilarga avtomobillar sovg‘a qilinishi aytildi. “Navbahor”da bu borada yangiliklar bormi?
— Samolyot sovg‘a qilishadi (kuladi). Mantiqan olib qarasak, “Andijon”ning ortida katta zavod turibdi. Agarda g‘olib bo‘lishsa, futbolchilar bunga loyiq bo‘lishadi, shahardagilar ular bilan faxrlanishadi. Bizda esa futbolchilar bilan shartnomalar bor va unda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritsa, chempion bo‘lsa, qandaydir bonuslar yozilgan. Har bir futbolchi haqida gapira olmayman. Bizda unday holat bo‘lmasa kerak. Bilasizmi, kubok sohibi bo‘lish istalgan klub uchun moliyaviy afzalliklardan ustunroq. Bu hayot. Pullar qachondir tugaydi. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish esa butun umr faxrlanishga arziydigan hamda keyinchalik bolalaringizga so‘zlab berishingiz mumkin bo‘lgan narsa. “Andijon” barcha futbolchilariga mashina berishi meni xursand qildi. Har bir klubning o‘z bonusi bor va bu normal holat.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:16, 21.09.2024.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.