Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Kubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Avvalroq Liga finalni yuqori saviyada tashkil etish masalasida Farg‘ona viloyati mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda kelishib olingan masalalar yuzasidan endilikda Navbahor va Andijon klubi rahbariyati, shuningdek, muxlislar yetakchilari bilan fikr almashildi, deyiladi PFL xabarida.

Uchrashuv davomida "Istiqlol" stadioni sektorlari ikki jamoa uchun qanday ajratilishi, bunda klub rasmiylari, muxlislar harakati qanday bo‘lishi, ularning stadionga qaysi ko‘chalar orqali kelishi va turniketlardan qanday foydalanishi kabi masalalar tushuntirib o‘tildi. Namanganlik va andijonlik muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida iTicket chiptalarni har ikki viloyat bosh stadionlari kassasi orqali ham sotishni yo‘lga qo‘yadi. Chiptalar elektron sotilmaydi va jonli navbat orqali har bir muxlis maksimum 4 donadan chipta xarid qilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, har ikki jamoaning Farg‘onaga yetib kelishi, joylashishi, o‘yinoldi rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi, O‘zbekiston kubogi sovrinining Namangan va Andijon shaharlariga yo‘l olishi, futbol muxlislarining u bilan suratga tushishi kabi masalalar kelishib olindi.

Chiptalar savdosi qay tartibda bo‘lishi, faqatgina final bellashuvi uchun OAV hamda rasmiylarga alohida beydjiklar berilishi kabi masalalardagi aniq axborot keyinroq Liga rasmiy saytiga joylashtiriladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:59, 24.09.2024.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.