Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks - Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal - Qayrat
29/01 01:00 Monako - Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao - Sporting
29/01 01:00 Atletiko - Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer - Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D - Inter
29/01 01:00 Bryugge - Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F - Tottenhem
29/01 01:00 Barselona - Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul - Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti - Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos - Slaviya
29/01 01:00 PSJ - Nyukasl
29/01 01:00 PSV - Bavariya
29/01 01:00 Benfika - Real Madrid
29/01 01:00 Napoli - Chelsi
29/01 01:00 Yunion - Atalanta

Jamshid Boltaboyev: “Bo‘lajak bellashuvni bemalol 6 ochkolik o‘yin desa ham bo‘ladi”

Jamshid Boltaboyev: “Bo‘lajak bellashuvni bemalol 6 ochkolik o‘yin desa ham bo‘ladi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 27 yoshli tajribali yarim himoyachisi Jamshid Boltaboyev bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Mazkur o‘yin ushbu turning markaziy uchrashuvlaridan biri. Boisi, joriy mavsumda har ikki jamoa sovrindorlar safidan joy olish maqsadida kurashmoqda.

Shu bois, bo‘lajak bellashuvni bemalol 6 ochkolik o‘yin desa ham bo‘ladi. Shuning uchun ushbu uchrashuvning shiddatli hamda keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori. Biz bo‘lajak bahsda zafar quchib, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.
Ishqibozlardan esa mazkur o‘yinda jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz esa ta’kidlaganimdek, ularning ishonchlarini oqlash uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Joriy mavsumda jamoamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman, – dedi Jamshid Boltaboyev.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:50, 24.09.2024.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.