Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Arteta: "Ba’zi futbolchilarimiz ertalab maktabga boradilar"

Arteta: "Ba’zi futbolchilarimiz ertalab maktabga boradilar"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Liga kubogida "Bolton"ni mag‘lub etishda (5:1) jamoaga yordam bergan yosh futbolchilar haqidagi savolga javob berdi.

"Kanonirlar"ning asosiy tarkibida darvozabon Jek Porter (16), himoyachilar Maylz Lyuis-Skelli (17) va Josh Nikols (18) hamda dubl qayd etgan yarim himoyachi Etan Nvaneri (17) bor edi.

"Bizning jamoamizdagi kimdir ertaga ertalab maktabga borishi kerakmi? Ha, ba’zilari u yerda bo‘lishi kerak. O‘ylaymanki, bu juda zo‘r, ular o‘yindan xursand bo‘lishdi", dedi Arteta, u 16 yoshida o‘zi nima bilan shug‘ullangani haqida ham gapirib berdi.

"O‘sha yoshda men "Barselona"da edim, La Masiyada yolg‘iz yashardim va "B" jamoasida mashg‘ulot o‘tkazardim", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Football.London.

Kiritildi: 07:05, 26.09.2024.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик