Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Abduqodir Husanov “PSJ”ga o‘tishi mumkin

Abduqodir Husanov “PSJ”ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Faoliyatini “Lans” jamoasida olib borayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov “PSJ”ga o‘tishi mumkin.

“Husanov mavsumni a’lo darajada boshladi va ulkan taassurotlar qoldirishda davom etmoqda. Tez orada uni Yevropaning top-klublarida ko‘rishimiz mumkin, masalan, “PSJ” varianti”, — deya yozmoqda Foot01 sayti.

Kevin Dansoning jarohat olganiga qaramasdan, “Lans” himoyasi mustahkamligicha qolmoqda. Fransiya chempionatida jamoa 6 ta o‘yinda atigi 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Himoyada, ayniqsa, Abduqodir o‘zini yaxshi tomonlama namoyish etmoqda.

Jamoa murabbiyi Uil Still Husanov haqida: “U kamgap, kuchli va tezkor. Uning ko‘p gapirganini eshitmaganlar, Abduqodir juda yaxshi o‘yinchi. Klubga kelganimda Kevin Dansoda muammolar bor edi. Shunda Jan-Luis Leka xavotir olishga hojat yo‘qligini, uning o‘rnini Husanov bemalol egallay olishini aytdi”.

Shuningdek, insayder Muhammad Tuchabe-Ter Husanovga “PSJ” qiziqayotgani va futbolchi Parij klubiga o‘tishiga ishonchi komil ekanligini yozdi.

Parijliklar himoyachi Markinyosga o‘rinbosar izlayotgan bo‘lsa, 20 yoshli Husanov ushbu pozisiyaga munosib nomzod bo‘ladi.

Biroq, “Lans” Abduqodirni qimmatroqqa qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi mumkin. Chunki uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:16, 30.09.2024.
O'qildi: 13822 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик