Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

Aleks Fergyuson ten Xag o‘rniga "ideal" nomzodni aytdi

Aleks Fergyuson ten Xag o‘rniga "ideal" nomzodni aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Erik ten Xag ishdan bo‘shatilgan taqdirda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy nomini aytdi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Fergyuson "Yuventus"dan ketgan Massimiliano Allegri nomzodini shaxsan ma’qullagan. Qayd etilishicha, shotlandiyalik afsona Allegrini ten Xagning o‘rniga ideal o‘rinbosar deb hisoblamoqda.

Maqolada klub rahbariyati niderlandiyalikning kelajagi borasida 2 o‘yindan so‘ng bir qarorga kelishi aytilgan. "Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi ham ehtimoliy nomzodlar qatorida.

Ten Xagning chetlatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar APLning 6-turida "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda (0:3) uydagi sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng faol tarqala boshladi.

Kiritildi: 09:09, 02.10.2024.
O'qildi: 6554 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик