"Jirona" yarim himoyachisi Donni van de Bek YECHLning 2-tur doirasida "Feyenoord" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu klub uchun juda o‘ziga xos voqea bo‘ladi, shuning uchun hamma faqat yaxshi natija haqida o‘ylaydi. Chempionlar ligasi - eng yaxshi turnir" - dedi van de Bek.
"Jirona" hamda "Feyenoord" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun soat 23:45da boshlanadi.