"Atalanta" ustozi Jan-Pyero Gasperini "Shaxtyor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:0) o‘z fikrlarini bildirdi.
"Uch ochko qo‘lga kiritdik va ishonchli o‘ynadik. Lekin hozir meni xavotirga solayotgani, navbatdagi o‘yinimiz shanba kuni ekanligi. Biz tezda tiklanishimiz kerak. Biz uchun chempionat ham muhim", - dedi Gasperini.