Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ingliz klubining braziliyalik darvozaboni Alisson Beker "Bolonya"ga qarshi bahsda bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi.
Uchrashuvdan so‘ng u o‘yindan olgan taassurotlari haqida gapirdi:
"Juda qiyin raqibga qarshi ajoyib o‘yin bo‘ldi. Agressiv, kuchli jamoa. Ammo biz ularning o‘yinini cheklab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldik va o‘yinda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha gol kirita oldik", - deya Bekerning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.