Endrik mag‘lubiyatdan so‘ng tanqidga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
Kecha "Real" Chempionlar ligasining 2-tur uchrashuvida "Lill"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Endrik Madrid klubining asosiy tarkibida ilk bor maydonga tushdi.
“Zaxirada qolish haqida ortiqcha o‘ylamayman. Men bunga e’tibor bermaslikni o‘rgandim. Faqat murabbiy va jamoadoshlarimning maslahatiga amal qilaman.
Bu haqiqatan ham muhim. Qolganlari meni umuman bezovta qilmaydi", - dedi “Real” hujumchisi.