"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska Konferensiyalar ligasi doirasidagi "Gent"ga qarshi o‘yin (4:2) natijasiga izoh berdi.
"Yaxshi o‘yin. Biz qiyin raqibga duch keldik, ammo o‘yinga yondashuvimizdan mamnunman. Ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimiz achinarli - buning oldini olish mumkin edi.
Har bir uchrashuv o‘ziga xos tarzda qiyin. Biz hali ham ko‘p jihatdan yaxshilanishimiz mumkin - hujumda ham, himoyada ham, - dedi "Chelsi"ning italiyalik bosh murabbiyi TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.