Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Islom Mamatkazin: «O‘yinni o‘zida yutib ketishimizga ishongandik. Qandaydir o‘zgacha ruhiyat bor edi»

Islom Mamatkazin: «O‘yinni o‘zida yutib ketishimizga ishongandik. Qandaydir o‘zgacha ruhiyat bor edi»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi 2024 yilgi O‘zbekiston Kubogini mardonavor tarzda qo‘lga kiritgganidan xabaringiz bor.

Butun jamoa g‘alabaga munosib va haqli o‘yin ko‘rsatdi. Zaxiradan maydonga tushirilganlar ham to‘la ishonchni oqladilar.

Masalan, himoyachi Islom Mamatkazin intrigani yanada ko‘tarishga sababchi bo‘ldi. Faoliyatida ilk bor Kubokni qo‘lga kiritgan Islom klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Tarixiy o‘yin va tarixiy g‘alaba haqida butun O‘zbekiston gapiryapti. Nimalar hayolingizdan o‘tyapti?
— To‘g‘risi, tarixiy o‘yinni, nima qilganimizni, qanday tarix yozganimizni hali o‘zimiz ham tushunib yetganimiz yo‘q. Bu barchamiz uchun unutilmas onlar!

— Ilk bor sovrin yutdingiz. Buning gashti qanday ekan?
— To‘g‘ri ta’kidladingiz, faoliyatim davomidagi ilk sovrinni yutdim. Taassurotlarim o‘zgacha. Oddiy gap bilan tasvirlab bera olmayman. Baribir bu birinchisi va boshqacha bo‘ladi.

— Finalning mana shunday dramaga aylanishini kutganmidingiz?
— Kutilgandi. Finalda vodiy derbisi bo‘lishidan tashqari ham bunday jamoalar o‘rtasidagi o‘yin doimo shiddatli bo‘ladi. Bu final qo‘shimcha bo‘lgani uchun o‘yin yanada shiddatli bo‘lishi kutilgandi. Hamma buni bilgandi, biz ham mana shunday tarzda o‘tishini kutib turgandik.

— Zaxiradan maydonga tushib oxirgi daqiqalarda qahramonlardan biriga aylandingiz. Ayniqsa, kutilmaganda to‘p oyog‘ingizga tegib darvozamizdan joy olgach, darhol gol bilan javob qaytarishimizni o‘yladingizmi yoki penaltilar seriyasi haqida o‘ylashni boshladingizmi?
— Zaxiradan maydonga tushganimda gol urishni ko‘nglim sezdi. Jamoamni g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan baxtiyorman. Futbolchilarda penaltilar seriyasigacha yetib bormasligimiz, bunga yo‘l qo‘ymasligimiz bo‘yicha ishonch bor edi. O‘yinni o‘zida yutib ketishimizga ishongandik, qandaydir o‘zgacha ruhiyat bor edi.

— Bu g‘alabani kimga bag‘ishlaysiz?
— Ushbu g‘alabamizni shubhasiz, butun Andijon xalqiga bag‘ishlaymiz.

— Jamoa asosiy motivasiyani qayerdan oldi?
— Bu finalga ortiqcha motivasiya shart emasdi. Tarixda ilk bor finalga chiqqanimizni o‘zi motivasiya edi. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. Xudoga shukr, mehnatlarimizga yarasha yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 22:31, 08.10.2024.
O'qildi: 1459 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.