Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Enso Mareska sentyabr oyida Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.
Sentyabr oyida "Chelsi" Angliya chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, uchta g‘alaba va bir marta durang qayd etgan.
Yetti turdan keyin “ko‘klar” 14 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.