Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Paulo Bento: “O‘zbekiston termasi ham jismonan ham texnik jihatdan juda kuchli”

Paulo Bento: “O‘zbekiston termasi ham jismonan ham texnik jihatdan juda kuchli”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi ertaga, 15 oktyabr kuni BAA bilan o‘ynaydi. Uchrashuvdan oldin mehmonlar murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi. 

“Uchrashuvga odatdagidek tayyorlandik. Avvalgi o‘yinlarni tahlil qildik va futbolchilar bilan xatolar haqida fikr almashdik. O‘zbekiston haqida kecha futbolchilar bilan gaplashdik. Bugun esa rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashamiz va ertangi o‘yin taktikalarini ko‘rib chiqamiz. Ertaga qiyin o‘yin bo‘lishini bilamiz. O‘zbekiston yaxshi jamoa va jadvalda ham oldingi o‘rinda. Jamoa Eron bilan bo‘lgan 3 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadi. Jamoa turli sxemalarda o‘ynay oladi va juda yaxshi o‘yinchilarga ega. Murabbiy uzoq vaqtdan beri jamoa bilan birga. Albatta, ertaga qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ammo biz o‘zimizning yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz va kerakli natijani qo‘lga kiritamiz”, dedi murabbiy.

Murabbiy yordamchisi O‘zbekiston o‘yinlarini stadiondan tomosha qilgani va undan qanday ma’lumotlar olgani haqidagi savolga javob berdi.

“O‘ylashimcha, bu raqibni o‘rganishning usullaridan biri. Sababi o‘yinlarda qatnashib televizor orqali ko‘rilmagan jihatlarni ham payqash mumkin. Shunday tahlillarni olish uchun ham murabbiydan foydalandik. Biz o‘zaro gaplashdik va rasmlar, videolarni futbolchilarimizga ko‘rsatdik. Raqibning kuchli va zaif taraflarini bilishimiz kerak edi. O‘yin taktikasini raqibga qarab tanlaymiz. Ba’zida raqibga moslashishimiz yoki o‘z o‘yinimizni shunga qarab o‘zgartirishimiz zarur”, — dedi BAA murabbiyi.

BAA murabbiyi avvalgi o‘yinlardagi xatolarini qanday qilib bartaraf etmoqchi ekaniga to‘xtalib o‘tdi.

“Xatolar ustida ishlashga yetarlicha vaqt bo‘lmaydi. Balki ushbu o‘yindan keyin xatolar ustida ishlashimiz mumkin. Faqatgina o‘tgan o‘yindagi ba’zi xatolarni ko‘rib galdagi o‘yinda takrorlanmaslik yo‘lini ko‘ra olamiz. O‘zbekiston haqida yana to‘xtalmoqchiman, jamoa Qatardagi Osiyo chempionatida penaltilar seriyasidagina mag‘lub bo‘ldi. Jamoa ham jismonan ham texnik jihatdan juda kuchli. Himoyachilar va hujumchilar juda kuchli. O‘zbekiston qanotlardan hujum qilishda juda faol. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak”, dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — BAA uchrashuvi ertaga, 15 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:34, 14.10.2024.
O'qildi: 3224 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.