Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

«WR Chess Masters». Abdusattorov qiyinchilik bilan keyingi bosqichga chiqdi, Sindarov tay-brekda imkoniyatni boy berdi

«WR Chess Masters». Abdusattorov qiyinchilik bilan keyingi bosqichga chiqdi, Sindarov tay-brekda imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Kecha Londonda shaxmat bo‘yicha «WR Chess Masters» musobaqasiga start berildi. Unda ikki hamyurtimiz — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ishtirok etishi haqida xabar berib o‘tgandik.

16 nafar sportchi ishtirok etadigan turnir nokaut tizimida o‘tkazilmoqda. Kecha nimchorak final bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi.

Turnir formati: Birinchi 30 ta yurish uchun 60 daqiqa, keyingi 20 ta yurishga 30 daqiqa va o‘yin oxirigacha yana 30 daqiqa. Shaxmatchilar raqiblari bilan ham oqlardan, ham qoralardan 1 tadan partiya o‘ynashadi, mag‘lub bo‘lgan ishtirokchi turnirni tark etadi.

Abdusattorov ilk bosqichda shveysariyalik Aleksandra Kostinyukka qarshi bahs olib bordi. Ilk partiyada hamyurtimiz oq donalarda o‘ynadi va g‘alabaga juda yaqin edi. Ammo Abdusattorov 32 va 33-yurishlarda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi: u G piyodani ikki katak surib, Shohning mudofaasini ochib qo‘ydi. Natijada raqib qarshi hujumga o‘tib ketdi va g‘alaba qozondi.

Nodirbek ikkinchi partiyada qora donalarda o‘ynab, g‘alabaga erishdi. Aleksandr 32-yurishda mag‘lubiyatini tan oldi.

Hisob tenglashgach, g‘olib nomi Armagedon partiyada aniqlandi. Unda oqlarga 10 daqiqa, qoralarga 8 daqiqa beriladi hamda oqlardan g‘alaba talab etiladi. Durang esa qoralar uchun g‘alaba taqdim etiladi. Qur’a ko‘ra, Abdusattorov Armagedonda qora donalarda o‘ynadi. Vatandoshimiz uchinchi partiyada ham g‘alabaga yaqin edi. Ammo Kostinyuk 44-46-yurishlarda ketma-ket shoh berib, bir yurishni 3 marta takrorladi. Bu esa durang degani. Durang qoralar uchun g‘alabaga teng.

Javohir Sindarov va fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav o‘rtasidagi asosiy partiyalarda durang qayd etildi. Sindarov Armagedonda oq donalarda o‘ynadi. Javohir o‘yin davomida ustunlikka erishdi. Ammo 30, 31 va 32-yurishlarda noaniqlik tufayli vaziyat tenglashib qoldi. Natijada fransiyalik raqib durangni ushlab qoldi.

Shu tariqa, Maksim Vashe-Lagrav bugun chorak final doirasida Nodirbek Abdusattorov bilan to‘qnash keladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:32, 15.10.2024.
O'qildi: 2481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.