Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida ilk bor 4 ta o‘yinda gol ura olmadi.
39 yoshli "An-Nasr" hujumchisi Millatlar ligasining 4-turi doirasida safarda Shotlandiyaga qarshi to‘liq o‘yin o‘tkazdi, biroq gol ura olmadi (0:0).
Bungacha Ronaldu Xorvatiya (2:1), o‘z maydonida Shotlandiya (2:1) va Polshaga (3:1) qarshi o‘yinlarda gol urgan va jamoasiga g‘alaba qozonishda yordam bergandi.