Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos kelajagi borasidagi rejalari haqida bir qarorga keldi.
28 yoshli futbolchi jarohati tufayli "Los-Blankos"ning so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi, biroq safga qaytganidan so‘ng jamoadagi asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qildi. Diario AS xabariga ko‘ra, u sotilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, "Real"dan ketishni istamayapti. Yarim himoyachi Karlo Anchelottini hayratda qoldirmoqchi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.