"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku yaqin kelajakda jamoani tark etmasa kerak.
Fransiyalik futbolchi doimiy jarohatlar tufayli "ko‘klar" safida debyut mavsumini omadsiz o‘tkazdi. Joriy mavsumda hujumchi uchun ishlar yaxshi ketmoqda: u Enso Mareska jamoasi safida 11 uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 7 bor ishg‘ol qildi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Nkunkuga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Biroq Football Insider xabariga ko‘ra, "Chelsi" 26 yoshli futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.