Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saidazamat Mirsaidov: «Navbahor» tarkibida ilk golimni urganimdan xursandman»

Saidazamat Mirsaidov: «Navbahor» tarkibida ilk golimni urganimdan xursandman»

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Superligasining kechiktirilgan 14-turidan o‘rin olgan «Dinamo» – «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda namanganliklar bahsning 7-daqiqasida 23 yoshli mahoratli himoyachi Saidazamat Mirsaidovning kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu Mirsaidovning «Navbahor» tarkibidagi ilk goli edi.

«Lochinlar» 15 oktyabrdan Superliganing 21-turidan o‘rin olgan, 20 oktyabr kuni Farg‘onada «Neftchi»ga qarshi kechadigan «vodiy derbisi»ga tayyorgarlikni boshlashdi.

Jamoaning kechagi mashg‘uloti yakuniga yetgach, Saidazamat Mirsaidov klub matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

– Saidazamat, bo‘lajak «vodiy derbisi»ga tayyorgarlik qanday kechyapti va ushbu o‘yindan nima kutyapsiz?

– Assalomu alaykum! Derbiga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘ryapmiz.”Vodiy derbisi” o‘yinlari doimo qiziqarli tarzda kechgan hamda bu safargi bellashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta. Bu men uchun Superliga doirasidagi faoliyatimdagi ilk «vodiy derbisi» bo‘ladi.
Farg‘onada g‘alaba ishtiyoqida maydonga tushib, muxlislarga quvonch ulashishga intilamiz.

– Superliganing kechiktirilgan 14-turidan o‘rin olgan bahsda jamoa sizning yagona golingiz evaziga Samarqanddan muhim g‘alaba bilan qaytdi. O‘sha o‘yin va golingiz borasida to‘xtalsangiz...

– «Dinamo» jamoamizga qarshi kechadigan o‘yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Mezbonlar bizga munosib qarshilik ko‘rsatgan holda, qiyinchilik tug‘dirishdi. Shunday bo‘lsada, astoydil harakat qilib, zafar quchishga muvaffaq bo‘ldik.
O‘sha o‘yinda gol urib, «Navbahor»ning yutug‘iga munosib hissamni qo‘shganimdan xursandman. To‘p kiritilgan vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsam, koptokning menga yetib kelishini sezgandim. Avvalo hammasi Allohdan. Xudoga shukr, «Navbahor» tarkibidagi dastlabki golimni urib, jamoamizning g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shdim. Bundan xursandman va keyingi uchrashuvlarda ham gol urishga harakat qilaman.

– Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor...

– «Navbahor» ko‘p muxlislarga ega jamoa. Ishqibozlar hattoki, Samarqandga ham borib, bizni qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishdi.
20 oktyabr kuni Farg‘onada o‘tkaziladigan «vodiy derbisi»da ham muxlislardan shunday qo‘llab-quvvatlashni kutamiz hamda g‘alaba qozonib, ularga quvonch ulashishga intilamiz.

Ma’lumot
Saidazamat Mirsaidov – 2001 yil, 19 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullangan.
Birinchi murabbiyi: Temur Olimxo‘jayev.
«Paxtakor» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi.
Ampluasi: himoyachi.
O‘ynagan jamoasi: «Olimpik» (Toshkent, 2021 yil – 2024 yilning 1-davrasi). 2024 yilning 2-davrasidan «Navbahor»da.
O‘zbekiston – U-23 olimpiya terma jamoasi a’zosi.
Olimpiya terma jamoamiz tarkibida ikki marta Osiyo vise-chempioni (2022 yil, 2024 yil), Osiyo O‘yinlari bronza medali sohibi (2023 yil), Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 10:37, 17.10.2024.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.