Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Frenki de Yong: "Matbuotdagi gaplar butunlay yolg‘on..."

Frenki de Yong: "Matbuotdagi gaplar butunlay yolg‘on..."

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong nihoyat, maydonga qaytdi.

U CHL Liga bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Yang Boyz»ga qarshi muvaffaqiyatli o‘yin (5:0)ning 75-daqiqasida Lamin Yamal o‘rniga tushdi. Eslatish kerak, niderlandiyalik futbolchi 21 aprel kuni «Santyago Bernabeu»da kechgan «Klasiko»dan e’tiboran 5 oy ko‘proq vaqt davomida chetda qoldi. Mana, u o‘ng to‘pig‘i bilan bog‘liq muammolardan qutuldi. «Ayaks»ning sobiq vakili safga qaytishi arafasida Barsa One saytiga kichik intervyu berib, tiklanish jarayoni qanday o‘tganiga to‘xtaldi.

- Frenki, naq 5 oy maydondan tashqarida qoldingiz. Bu vaqt qanday o‘tdi, futbolsiz rosa qiynalgandirsiz...?

- Ha, juda yoqimsiz va murakkab jarayon. Chunki futbol men uchun eng sevimli mashg‘ulot. Hattoki, butun ishtiyoqim, hayotim mazmuni. Muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborish, Yevropa chempionatidek turnirda ishtirok etolmaslik, «Barselona»da o‘ynay olmaslik - bu chinakam azob.

- Aytishlaricha, operasiya­ga rozi bo‘lmagan ekansiz...

- Chindan ham, klub jarrohlik amaliyotini ma’qullagani, men esa rad etganim haqida mish-mishlar tarqaldi. Lekin barchasi g‘irt yolg‘on, chunki klub shifokorlari bilan maslahatlashgan holda, umumiy qarorga kelgandik - operasiyadan voz kechish yaxshiroq variant. Lekin klub xohishiga qarshi borganim haqidagi gaplar qayerdan chiqqanini sira tushunmadim.

- Sizga bog‘liq boshqa turli-tuman mish-mishlar ham urchidi...

- O‘zim yoki klubdan kerakli ma’lumotlar ololmagan jurnalistlarning bir tomondan ranjishganini tushunaman. O‘sha vaqt sukut saqlashim kerak edi. O‘zimni «blaugrana» rahbariya­ti o‘rniga qo‘yib, klub pozisiya­sini ham tushunaman. Ha, hammadan ko‘p pul olayotganim, operasiyadan bosh tortganim, shunchaki, ta’tilda yurganim va hatto mustaqil shug‘ullanmayotganim haqida gapirishdi. Aslida esa hammasi butunlay boshqacha. Xususan, maoshim to‘g‘risidagi ma’lumotlarda asos yo‘q. 37 million yoki shunga yaqin raqam aytildi, ammo bu haqiqatdan juda uzoq, juda.

- Federiko Valverde bilan to‘qnashuv natijasida ketma-ket 3-zarbani qabul qilib, achinarli jarohatga yo‘liqqandingiz.

- To‘piq jarohatidan keyin tiklanish o‘ta qiyinligini aytishgandi. Muhimi, hozir juda yaxshiman, qandaydir muammo yo‘q. Har kuni yotoqdan turganim bilan to‘pig‘imni tekshiraman. To‘g‘ri, ruhiy jihatdan rosa qiynalganim rost.

- Xo‘sh, maydonda avvalgi Frenkini qachon ko‘ramiz?

- Avvalgi mavsum bitta to‘piqdan 3 marta jarohatlanganim og‘ir botdi. Hozir esa yana kuchli zarbalar yo‘llash, yakkakurashlarga ishonch bilan kirishish ustida tinimsiz ishlayapman. Ishonchim komil, hali muvaffaqiyatga erishaman. Hammasi bosqichma-bosqich va to‘g‘ri ketyapti.

- Hozir ter Shtegen va Arauxo jarohat tufayli chetdalar. Demak, maydonga qaytsangiz, sardorlik bog‘ichi sizga topshiriladi.

- Bu ko‘p narsani anglatadi, «Barselona»ni sardor maqomida maydonga boshlab tushish - sharaf. Shunday ekan, jamoadoshlarimga yaxshi tomondan o‘rnak bo‘lish, muxlislarni quvontirish uchun bor kuchimni sarflayman. Eng muhimi, tiklanish jarayoni yaxshi o‘tdi.

- Bugungi «Barselona»ni qanday ko‘ryapsiz?

- Hammasi yaxshi, klub energiyaga to‘la. Asosiysi, sifatli o‘yin bor. Kiyinish xonasida ham ajoyib muhit hukmron. Har kuni futbolchilar erkin o‘ynayotganlari va bundan xursand ekanliklarini ko‘ryapman. Endi o‘zim ham shu muhitga tezroq tushishni xohlayman.

- Qiziq, Xans-Diter Flik sizdan aynan nimalarni talab qilmoqda?

- U avvalo, o‘zimni 100 foiz o‘yinga bag‘ishlash uchun maksimal darajada tayyor bo‘lishimni so‘radi. Qaysi pozisiyasida va qanday o‘ynashimni esa maydonga qaytganimda ko‘ramiz. Bu masala murabbiyga bog‘liq. To‘g‘ri, yarim himoyadan joy olishim aniq. Qaytaraman, «Barsa» ko‘rsatayotgan futbol ma’qul tushmoqda va tezroq shu o‘yinning bir qismiga aylanishni istayman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 17.10.2024.
O'qildi: 1793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.