Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yevrokuboklardagi tasodifiy yetakchi

Yevrokuboklardagi tasodifiy yetakchi

Baho:
+ | -

Balki siz payqamay qolgandirsiz, lekin Chexiya klublarining oshig‘i olchi.

Gap faqat 19 yil YECHLning yaqiniga yo‘lamagan «Sparta»ning endi 1-turdayoq «RB Zalsburg» darvozasiga 3ta javobsiz gol urganida emas. Chexlarning bir yo‘la 4 jamoasi yevrokubok musobaqalarining asosiy bosqichiga chiqdi. Hatto barcha - 5ta jamoa ham chiqishi mumkin edi. YEKL turniri saralashida «Banik» bundan atigi yarim yil avval YECHLning pley-off bosqichida o‘ynagan «Kopengagen»ga faqat penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, Chexiya o‘z tarixida birinchi marta 2ta klubining eng nufuzli turnirdagi ishtirokiga guvoh bo‘lishiga yaqin turgandi. Saralash bosqichining hal qiluvchi bellashuvida ko‘plab xavfli vaziyatlarga ega bo‘lgan «Slaviya» qandaydir mo‘’jiza tufayli «Lill» darvozasiga 3-golini ura olmadi. Avvaliga Zafeyrisning 2ta zarbasini darvoza to‘sini bartaraf etdi. Keyin fransuzlar qo‘shimcha vaqtda darvoza daxlsizligini saqlab qoldilar. Agar «Slaviya» bitta gol urganida, 3:1 hisobi «Lill»ni keyingi bosqich yo‘llanmasidan mahrum qilardi.

Shunga qaramasdan, 5ta chex klubining umumiy ko‘rsatkichi bugungi holat bo‘yicha Chexiyaning yetakchi bo‘lishini ta’minladi. Eslati o‘tamiz, YECHL­ning yangi reglamentiga binoan, eng yaxshi koeffisiyentga ega bo‘lgan 2 mamlakatga turnirda 1ta o‘rin qo‘shib beriladi.

Hozirda reyting quyidagicha ko‘rinishda:

Chexiya - 6,300;

Portugaliya - 5,800;

Fransiya - 5,214;

Germaniya - 5,00;

Italiya - 4,875;

Angliya - 4,857;

Sloveniya - 4,625.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, mavsumni top-2da yakunlash imkoniyati Chexiya­da juda kam. Turnirlar top-ligalar vakillari keyinroq ochko jamag‘arishlariga mo‘ljallangan: amalda ular saralash bosqichlarida ishtirok etmaydilar, lekin ballarni pley-off bahslarining so‘nggi bosqichiga qadar to‘playdilar. Bir yil avval reytingda peshqadamlik qilgan Turkiya mavsumni 8-o‘rinda yakunlagani bunga misol bo‘la oladi.

Biroq nima bo‘lganda ham, Chexiya klublarining shiddati yaqqol sezilib turibdi. «Chempionat» 15 yilni Chexiyada o‘tkazgan va avval «Slovan» klubida, keyin «Dukla»da murabbiy-analitik sifatida ish yuritgan, hozirda Kiprning «Aris» klubida bosh analitik maqomida ishlayotgan Yuriy Dinaburskiyga murojaat qildi. Mutaxassis Chexiya klublari muvaffaqiyatining sabablarini quyidagicha izohladi.

  1.  «Men UYEFA reytinglari voqelikni to‘liq aks ettirmaydi, degan bo‘lardim. Top-ligalar to‘rtligi saviya jihatidan sezilarli darajada ilgarilab ketishdi. Ular orasida qudratli byudjetga ega APL bor. O‘ylashimcha, Fransiya tobora ulardan ortda qolib, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliyaga yaqinlashmoqda. Top-to‘rtlik shiddat bilan uzoqlashmoqda, boshqa ligalar o‘rtasidagi tafovut katta emas. Chexiya uchun raqobat osonlashib qoldi - chempionatlar saviyasi tenglashmoqda. Yevrokubok musobaqalarida Rossiya klublari yo‘q, Ukraina bilan Serbiya sifat borasida cho‘kib qoldi».
  2.  «Nihoyat, «Sparta» transfer va klub boshqaruvi tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ydi. Bundan 4-5 yil avval «Slaviya»ning yakkayu-yagona raqobatchisi moliyaviy imkoniyati zaif bo‘lgan «Viktoriya Plzen» edi. Endi chempionlik uchun jiddiy kurash kechmoqda. Liga uchun o‘ta muhim ijobiy o‘zgarish. «Sparta» mamlakatning eng badavlat kishining tasarrufida. «Vest Xem»ning aksiyalar paketi ham unga tegishli, chexiyalik Soufal va Souchek shu jamoada to‘p surishmoqda. Sport direktori lavozimiga Tomash Rosiski kelganidan keyin, «Sparta» qudratli byudjet ko‘magida ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ydi va uzoq tanaffusdan keyin oxirgi ikki mavsumda chempionlikka erishdi».
  3.  «Yana bitta muhim omil - chex futbolining o‘ziga xos xususiyati. Liga uzoq vaqt davomida yopiq edi. Xorijlik  futbolchilar yaqinda ochiq-oydin kela boshladilar. Natijada klublar va terma jamoalarda o‘z uslubi shakllandi. Ehtimol, chex futboli texnik jihatdan kuchli emasdir. Lekin chaqqonlik va kuch-quvvat bobida boshqalardan kam emas. Futbolchilar uzoq vaqt davomida saviyani tushirmagan holda to‘p sura oladilar. «Slaviya» har qanday raqibdan o‘zib ketishga qodir, agarda u top-4 vakili bo‘lmasa. Ancha yillardan beri jamoalar tarkibni shu yo‘sinda tayyorlashadi va uni eng to‘g‘ri yo‘l, deb bilishadi. Boshqa mahalliy klublar ham shu yo‘nalishda ish yuritadilar. Chunki bitta transfer yillik byudjetni barbod qilishi mumkin. Misol uchun aytganda, shartli «Teplise» klubi o‘z o‘yinchilarini akademiyadagi davridan boshlab «Slaviya»ga tayyorlab berishni 1-o‘ringa qo‘yadi. 40-50 mln. yevroli byudjeti bor jamoa esa yevrokubok turnirlariga doimo shay holatda.

Aynan shu uslub bilan «Mlada» Litvaning «Transinvest», Vengriyaning «Paksh» jamoalarini osonlikcha mahv etdi. Hech bo‘lmaganda, bitta yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan jamoa saralash bosqichida muammoga duch kelmaydi. «Mlada» o‘zining tezligi va umuman, yuksak atletizmi bilan ajralib turadi. «Banik»ka esa, qur’ada omad kulib boqmadi. Agar u «Kopengagen»ga duch kelmaganida, shubhasiz, YEKLning asosiy bos­qichida o‘ynagan bo‘lardi».

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:41, 17.10.2024.
O'qildi: 1675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.