Deku Lionel Messi va Lamin Yamalni solishtirdi.
17 yoshli Yamal joriy mavsumda La Ligada 9 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Leo o‘sha paytda biroz kuchliroq futbolchi edi. Lamin endigina 17 yoshda.
Leo klubda allaqachon g‘alaba qozonayotgan avlod ostida o‘sish baxtiga muyassar bo‘ldi. Lamin yangilanayotgan jamoaning bir qismi, endigina yaratilayotgan avlod. Bu turlicha vaqtlar.
Laminning yaxshi tomoni shundaki, u o‘z yoshi uchun g‘ayrioddiy yetuklikni namoyish etadi", - dedi “Barselona” sport direktori Deku.