Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 10-turidan o‘rin olgan «Selta»ga qarshi o‘yinda (2:1) gol urdi.
25 yoshli fransiyalik o‘yinning 25-daqiqasida jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi.
Bu futbolchining 2024 yildagi 30-goli bo‘lib, Yevropaning top-5 ligasidagi futbolchilar orasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. «Manchester Siti»dan Erling Xoland 29 ta gol urgan.