Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Taniqli promouter Tom Leffler Madrimov—Bogachuk jangi haqida fikr bildirdi

Taniqli promouter Tom Leffler Madrimov—Bogachuk jangi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Taniqli promouter Tom Leffler o‘z mijozi, ukrainalik Sergey Bogachukning sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovga qarshi bo‘lajak jangi haqida gapirdi.

“Madrimov Bogachuk uchun yana bir qiyin raqib, ammo, o‘ylaymanki, bu Sergey uchun g‘alabali jang bo‘ladi. Bu uning uchun yana bir katta imkoniyat. Agar u Madrimovni mag‘lub eta olsa, bu uning Brayan Mendosa va Virjil Ortisga qarshi janglar bilan birgalikda ajoyib yil o‘tkazganini anglatadi.

Yodingizda bo‘lsin, o‘sha paytda Virjil Ortis 20 ta nokaut bilan 20:0 hisobida rekord o‘rnatgan va odamlar uni Bogachukni nokautga uchratishini kutishgandi. Ammo Bogachuk uni ikki marta nokdaunga tushirganida, bu odamlarning ko‘zini ochgandi.

Hozir ko‘pchilik Bogachukni bu jangda autsayder sifatida ko‘rmoqda, lekin men uning g‘alaba qozonishiga ishonchim komil. Bu fikrlarni Sergey bilan ishlaganim uchun bildirmayapman. Uning imkoniyatlarini yaqindan bilganim uchun aytyapman”, — deydi Leffler.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk o‘rtasidagi jang 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Oleksandr Usik—Tayson Fyuri revansh jangining anderkardida bo‘lib o‘tadi.

Madrimov o‘zining so‘nggi jangini Terens Kroufordga qarshi 4 avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkazgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa o‘zining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:17, 22.10.2024.
O'qildi: 2056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.