Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqibimiz «Al-Hussayn» tajribali jamoa»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqibimiz «Al-Hussayn» tajribali jamoa»

Baho:
+ | -

Bugun OCHL-2 3-tur doirasidan o‘rin olgan «Al-Hussayn» — «Nasaf» uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda Marko Stanoyevich ishtirok etishdi.

“Avvalo barchaga assalomu alaykum. Biz Iordaniyaga ketma-ket ikkinchi yil kelmoqdamiz. Biz bundan xursandmiz. Bu yerda futbol ajoyib. Ertaga bizni jiddiy raqib, qiyin o‘yin kutib turibdi. Ko‘p yillardan beri xalqaro turnirda ishtirok etib kelmoqdamiz. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Shuning uchun ertangi bellashuv biz uchun og‘ir bo‘ladi. Chunki mezbonlar «Al-Hussayn» o‘z o‘yiniga xarakteriga ega jamoa”, — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

«Biz uchinchi yil ketma-ket Iordaniya jamoasi bilan bellashmoqdamiz. Bizni ertaga og‘ir o‘yin kutib turganini bilamiz. Ammo shunga qaramay biz ijobiy natijaga erishish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz» . — dedi Marko Stanoyevich.

—«Nasaf» jamoasida Iordaniya klublariga qarshi yetarlicha tajriba bor. Bu jamoaga ertangi o‘yinga yordam beradimi? Matbuot anjumanida ham juda bosiq va jiddiy holda ishtirok etmoqdasiz.

— Chunki bizni ertaga jiddiy bahs kutmoqda. Iordaniya jamoalari bilan ketma-ket uchinchi yil ro‘baro‘ kelmoqdamiz. «Al Faysaliy», «Al-Vihdat» jamoalarini yaxshi bilamiz. Har qaysi jamoa bilan o‘ynaganimizda ularni o‘rganamiz. Biz uchun bu tajriba. Bu mamlakat jamoalari bilan o‘yinlarda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritganmiz. Lekin bu oson bo‘lmagan. Orttirilgan tajribamiz biz uchun muhim.

— «Al-Hussayn» jamoasi haqida qanday ma’lumotga egasiz? Jamoaning qaysi futbolchilari sizning diqqatingizni tortdi?

— Raqibni o‘rganishga harakat qildik. «Al-Hussayn» ishtirokidagi uchta o‘yinni ko‘rib chiqdik. Bular OCHL-2 doirasida ikkita o‘yinni va «Al-Faysaliy»ga qarshi o‘yinni o‘rganib chiqdik. Raqibda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangan. Tarkibda individual kuchli va biz tanigan futbolchilar bor. Bular «Al-Faysaliy»dan «Al-Hussayn»ga o‘tgan futbolchi va OFK kubogi finalida bizga gol urgan Mahmud Al-Mardi.

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:24, 22.10.2024.
O'qildi: 1380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.