Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Jamshid Iskanderov: “Har qanday raqibni hurmat qilish kerak”

Jamshid Iskanderov: “Har qanday raqibni hurmat qilish kerak”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 31 yoshli tajribali yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Garchi “Metallurg” autsayder hamda Superligada “jon saqlab qolish” uchun kurash olib borayotgan bo‘lsada, har qanday raqibni hurmat qilish kerak. Boisi, bekobodliklar uchun ochko suv va havodek zarur. SHuning uchun bo‘lajak o‘yinda mehmonlar jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishadi.

Biz ham ushbu bellashuvda maydonga zafar quchish maqsadida tushib, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa mazkur o‘yinda jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman, - dedi Jamshid Iskanderov.

Kiritildi: 12:13, 24.10.2024.
O'qildi: 1614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.