"Barselona" 20-asr o‘rtalaridan beri "klasiko" uchun bunday yosh tarkibni maydonga tushirmagan edi.
Kataloniyaliklar La Liganing 11-turi doirasida "Santyago Bernabeu"da "Real"ga qarshi bahs olib bordi (4:0).
Birinchi bo‘limdagi Xansi Flik jamoasining o‘rtacha yoshi 24 yoshu 188 kunni tashkil etdi. Oxirgi marta "ko‘k-anorranglilar" "klasiko"da bunday yosh tarkibni 1956 yilda maydonga tashlashgan - o‘shanda ular Madrid klubini 1:0 hisobida mag‘lub etishgan.