"Real Madrid" muxlislari "El-klasiko"da Xose Mariya Enrikes Negreyra uchun hayqiriqlar aytishdi.
La Liganing 11-turidan o‘rin olgan bahsda "Real Madrid" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi (0:4).
O‘yin davomida "Santyago Bernabeu"dagi muxlislar ispaniyalik Xose Mariya Enrikes Negreyra nomini aytib, "Barselona" rahbariyati hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vise-prezidentiga pora bergani haqidagi ayblovlarga ishora qilishdi.
May oyi oxirida "Barselona"ning dastlabki hukmga qarshi shikoyati qanoatlantirildi va klub har qanday ayblovlardan ozod qilindi.