Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eng yaxshilar qatorida Fayzullayevdan tashqari yana kimlar bor edi?

Eng yaxshilar qatorida Fayzullayevdan tashqari yana kimlar bor edi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda 2023 yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo kubogi 2023 va futzal bo‘yicha Osiyo kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlandi.

Hususan, Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi - "Yilning eng yaxshi mintaqaviy futbol assosiasiyasi" nominasiyasi g‘olibiga aylandi.  

Shuningdek, ko‘plab nominasiyalarda g‘oliblar nomlari e’lon qilindi. 

"Ayollar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi" — Park Youn-Jeong (Koreya Respublikasi)
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" — Go Oiva (Yaponiya)
"Yilning eng yaxshi futzalchisi" — Said Ahmad Abbasi (Eron)
"Yilning eng yaxshi xalqaro ayol futbolchisi" — Elliye Karpenter (Avstraliya)
"Yilning eng yaxshi xalqaro futbolchisi" — Son Xin Min (Koreya Respublikasi)
"Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi" — Chae Un Yong (KXDR)
"Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" — Abbosbek Fayzullayev (O‘zbekiston)
"Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" — Kiko Seike (Yaponiya)
"Yilning eng yaxshi futbolchisi" — Akrom Afif (Qatar).

"Yilning eng yaxshi futzalchisi" sovrini uchun nomzodlar qatorida bo‘lgan Dilshod Rahmatov kurashda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, 2015 yili "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" mukofotini Dostonbek Hamdamov qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 18:53, 29.10.2024.
O'qildi: 1215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.