Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Tebas: "Real" klubining asosiy qadriyatlari - mag‘lubiyatdan keyin raqiblar bilan qo‘l berib ko‘rishishdir"

Tebas: "Real" klubining asosiy qadriyatlari - mag‘lubiyatdan keyin raqiblar bilan qo‘l berib ko‘rishishdir"

Baho:
+ | -1

Xavyer Tebas "Real Madrid"ni "Oltin to‘p"ni topshirish marosimini boykot qilgani uchun tanqid qildi.

Kecha Parijda bo‘lib o‘tgan marosimda dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri oldi. Ovoz berishda g‘oliblik favoriti hisoblangan Vinisius Junior 2-o‘rinni egalladi.

Marosimga bir necha soat qolganda ovoz berish natijalaridan xabar topgan “Real” Parijga delegasiya yubormaslikka qaror qildi.

"Men "Real Madrid" muxlisiman. Bu klubning asosiy qadriyatlari - mag‘lubiyatdan keyin raqiblar bilan qo‘l berib ko‘rishishdir. Menimcha, qaysidir payt "Real" bu ruhni yo‘qotdi.

Ular bu marosimga kelib, 100 nafar jurnalist ovoz beradigan France Football nashrining shaffof tizimiga shubha qilmasliklari kerak edi.

"Real Madrid"ning qurboni bo‘lishi noo‘rin va bo‘rttirilgan. Ular qaysi tomonga harakat qilishayotganini bilmayman. Ispaniyada ham biz bunday inoyat yetishmasligini sezamiz", - dedi La Liga prezidenti.

Kiritildi: 22:32, 29.10.2024.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик