Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Gvardiola: "Bizda jiddiy muammolar bor"

Gvardiola: "Bizda jiddiy muammolar bor"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning jismoniy holatidan xavotirda ekanligini tan oldi. Chorshanba kuni “shaharliklar” Angliya liga kubogi bahsida “Tottenxem”ga imkoniyatni boy berishdi (1:2).

"Bizda jiddiy muammolar bor. Keyingi o‘yinga tayyor atigi 13 nafar futbolchi bor. Oxirigacha o‘ynagan yigitlarning aksariyatida qiyinchiliklar bo‘ldi.

O‘ylaymanki, biz to‘qqiz yil davomida hech qachon jarohatlar bo‘yicha bundan yomon vaziyatga duch kelmaganmiz, ammo bunday sharoitda futbolchilar bir qadam oldinga intilib, yanada jipslashadi. Ertaga mashg‘ulotlarga faqat ikkita darvozabon va Xoland keladi", - dedi Gvardiola.

Kiritildi: 07:15, 31.10.2024.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.