Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Boks. WBA chempion Eymantas Stanionis hamda da’vogar Shahram G‘iyosov jangi uchun promouterlik savdosini e’lon qildi

Boks. WBA chempion Eymantas Stanionis hamda da’vogar Shahram G‘iyosov jangi uchun promouterlik savdosini e’lon qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga promouterlik savdosini e’lon qildi.

Sentyabr oyida WBA yarimo‘rta vazn toifasidagi chempion, litvalik Eymantas Stanionis hamda majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov jangiga buyruq bergan edi.

Lekin bokschilarning jamoalari bir oy ichida jang sanasi, manzili va shartlari bo‘yicha kelisha olishmadi. Endilikda promouterlar o‘rtasida kimoshdi savdosi tashkil etiladi. Ochiq savdo 8 noyabr kuniga belgilandi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari Shahram, yana biri Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi. Bu bilan prof bokschimiz 16-jangida ham g‘alaba qozongandi.

Litvalik 30 yoshli Stanionis esa prof boksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. Stanionis shu yilning may oyida ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, reytingning to‘rtinchi pog‘onasida borayotgan venesuelalik 37 yoshli Gabriel Maestreni ochkolar (117-111, 118-110, 119-109) hisobida taslim etgan edi. Bu Gabriel uchun faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘lgandi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 12:34, 31.10.2024.
O'qildi: 1674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик