Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov yuqoriladi

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov yuqoriladi

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi oktyabr oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov (2777) 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oyda ham shu o‘rinda qayd etilgan edi, ammo bu safar uning reyting ochkolari 6 ochkoga kamaygan.

Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (2685) ham o‘rin olgan. Tajribali shaxmatchi — 44-o‘rinda. Javohir Sindorov (2682) avvalgi oyda 56-o‘rinda qayd etilgan edi, bu oyda u 46-o‘rin ko‘tarildi. 2681 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 48-o‘ringa ko‘tarildi. Avvalgi oyda kuchli 75-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev (2668) bu oyda 62-o‘rinda qayd etildi. Nodirbek Abdusattorovdan tashqari barcha o‘zbek shaxmatchilari o‘z hisoblariga qimmatli reyting ochkolarini yozib qo‘ydi.

Sentyabr oyida Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi. Oktyabr oyi uchun e’lon qilingan reytingda u o‘rnini Hindistonlik Gukeshga bo‘shatib berdi va hanuz o‘sha o‘rinda joylashgan. Gukesh 2783 reyting ochkosi bilan yoshlar o‘rtasida yetakchilik qilmoqda. Yana bir shaxmatchi Javohir Sindorov 5-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:52, 01.11.2024.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.