Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Surxon" bosh murabbiyi: "So‘g‘diyona" natijani saqlash uchun o‘ynadi, biz esa..."

"Surxon" bosh murabbiyi: "So‘g‘diyona" natijani saqlash uchun o‘ynadi, biz esa..."

Baho:
+ | -

Superligada 23-tur bahslari davom ettirildi. "Surxon" jamoasi bu tur Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ldi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Agar birinchi bo‘limni oladigan bo‘lsak, "So‘g‘diyona" bizni xatolar uchun jazoladi. O‘tkazib yubormasligimiz kerak bo‘lgan 2 ta golni o‘tkazdik. Tanaffusda gaplashib olib, o‘yinga qaytdik. Men yigitlarga bir gol urib olsak, o‘yinga qaytib olishimizni aytdim. Shunday ham bo‘lib chiqdi. Yigitlar hammasini to‘g‘ri tushunib, vazifani bajarishdi. Muxlislarga ham tashrif uchun rahmat.

Yovovichni zaxiraga olinishi o‘yinga ta’sir ko‘rsatdimi?

Ularda o‘zini qulay his qiladigan hisob edi, biroq amalda bu natija birdaniga o‘zgarib ketishi mumkin. Ular natijaga o‘ynashdi, biz esa tezlik qo‘shdik. Balki, shuning uchun vaziyat o‘zgargandir.

Abdug‘afur Haydarov terma jamoadan chaqiruv olishiga ertami? Yoki...

Menimcha, hamma narsaning o‘z vaqti bor. Albatta, kuni kelib u mehnat qilishdan to‘xtamasa, terma jamoadan chaqiruv oladi.

"Nasaf" chempion bo‘ldi. Bu biz uchun yaxshi yoki yomon?

"Nasaf" haqli ravishda joriy mavsum chempioniga aylandi. Ularni tabriklaymiz. Ular uzoq vaqt davomida bu maqsad sari intildi. Oldimizda 3 ta o‘yin bor. Bularda g‘alaba qozonib turnir jadvalida yuqoriroqqa ko‘tarilishga harakat qilamiz.

Bugun himoya markazi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi deb hisoblaysizmi?

Biz birinchi bo‘limda 2 ta gol o‘tkazib yubordik. Bu borada ishlashimiz kerak. Hozir, birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborishni odat qilib oldik. Keyin, raqibni quvishni boshlayapmiz. Bu borada ham kerakli xulosalar qilamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:05, 02.11.2024.
O'qildi: 1450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.