Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Qizil Furiya» uchun noyob o‘yin

«Qizil Furiya» uchun noyob o‘yin

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ispaniya termasi Yevropa Millatlar ligasida qatorasiga 3ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.

G‘oyat go‘zal tezlik! Yevropaning amaldagi chempioni jumladan, 15 oktyabr oqshomi Kordovadagi «Nuevo Arkanxel» stadionida serblarni yengilgina mahv etdi - 3:0. Uchrashuvdan oldin «Barselona» javohiri Lamin Yamalning jarohat tufayli maydonga tusholmasligi ma’lum qilingan edi. Umuman, «qizil furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuente tig‘iz taqvim (3 kunda 2ta o‘yin)ga qaramay, boshlang‘ich tarkibda atigi 3ta o‘zgarishga qo‘l urdi: Lamin Yamal, Pedri va Alexandro Grimaldo o‘rnini Aleks Baena, Mikel Merino va Mark Kukurelya egallashdi. Asosiy fakt shuki, Ispaniya milliy jamoasi oxirgi 96 yil badaliga birinchi marta o‘yinni 3ta yetakchi klub - «Real», «Barselona» va «Atletiko» futbolchilarisiz boshladi. Noyob o‘yin yoxud hodisa! Axir deyarli 1 asr davomida «qizil furiya» tarkibida bunday kombinasiya yuzaga kelmagandi.

Alohida aytish kerak, Ispaniya termasi «Real», «Barselona» va «Atletiko» futbolchilarisiz ham chakki ko‘rinmadi. Deylik, to‘p o‘yinga kiritilishi bilan ispanlar ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishdi - ham katta hudud, ham harakat bo‘yicha. Yaxshi ishlangan chizma asosida to‘p surish, pozisiya almashtirib o‘ynash, tezkor uzatmalar bilan oldinga o‘tish, mehmonlarni ortiqcha yugurishga majburlash, bo‘sh zonalar yaratish - barchasi mukammal ko‘rindi. Oqibatda 5 nafar himoyachi bilan maydonga tushgan Serbiya termasi mudofaa ishlarida mislsiz qiyinchiliklarga duch keldi. Vaholanki, jamoa markaziy zonasidan ham himoyaviy harakatlarga moyil yarim himoyachilar joy olishgandi. Biroq «furiya» faolligi natijasida serblar juda noaniq himoyalanishdi. Dragan Stoykovich jamoasi hattoki o‘z jarima maydoni ichidagi havo kurashlarida ham imkoniyatni boy berdi! Shu tariqa tezkor gol kuzatildi - 5-daqiqada Emerik Lyaport o‘zini ko‘rsatdi. Aslida serblar ilk daqiqadayoq o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishlari mumkin edi. Mikel Merino yaxshi nuqtadan chmroyli zarba yo‘lladi, faqat to‘p yo‘liga Sasha Zdelar to‘g‘anoq bo‘ldi.

Hisob ochilganidan keyin ham Ispaniya termasi nazoratni pasaytirmadi va birinchi bo‘limdayoq barchasini hal qilib qo‘yishi hech gap emasdi. Kordovadagi kuchli yomg‘ir ham mezbonlarni aslo bo‘shashtirgani yo‘q. To‘g‘ri, Luis de la Fuente zaxira o‘rindig‘i zinasida sirpanib, yiqilib tushishiga oz qoldi. Umuman, serblar birinchi bo‘limda biroz og‘ir ko‘rinishdi, Rayya darvozasi tomon bor-yo‘g‘i 1 marta zarba berishdi. Ispanlar tanaffusdan keyin natija emas, zavq uchun o‘ynashdi, go‘yo. Ular muxlislarni shunchaki, yayratishdi. Vaholanki, Yevro-2024 finalidan buyon de la Fuente jamoa tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi. Hattoki, Alvaro Morata 11 metrli jarima nuqtasidan to‘pni yomg‘irli osmonga yo‘llaganida ham, «furiya» muxlislari aslo xavotirga tushishmadi, chunki jamoada yo‘lga qo‘yilgan dinamik futbolni kuzatish qiziq edi. Yakuniy 3:0 hisobi shu tetik harakatlar samarasidir. 

Fakt. 96 yil davomida o‘yinni ilk marta «Real», «Barselona» va «Atletiko» vakillarisiz boshlagan Ispaniya termasi raqib darvozasi tomon naq 30 marta zarba yo‘lladi va shundan 10tasi aniq chiqdi.

Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 03.11.2024.
O'qildi: 1435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.