Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Shavkat Rahmonov — Maxachev uchun ideal raqib. Ular ikkalasi asr jangini o‘tkazishi mumkin

Shavkat Rahmonov — Maxachev uchun ideal raqib. Ular ikkalasi asr jangini o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov — UFC’ning yangi yulduzi. Shavkat juda tez kamarni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi. UFC 310 doirasida Rahmonov Bilol Muhammadga qarshi oktagonga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, jangni o‘tkazish uchun ilk urinish besamar ketdi. Bilol Muhammad sog‘lig‘idagi muammolar tufayli jang qilmaydigan bo‘ldi.

Rahmonov esa belgilangan muddatda baribir jang o‘tkazishni xohlayotganini ma’lum qildi. Undan tashqari jangchi boshqa divizion vakiliga qarshi oktagonga ko‘tarilishini ham istisno etmadi.

Qozog‘istonlik sportchi titul jangi bekor bo‘lganini xotirjamlik bilan qarshi oldi. Va u vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kurashishni kutayotganini ham aytdi: “Bilolga tezroq sog‘ayishini tilayman. 100% tayyor bo‘lganingda uchrashamiz. Hozircha esa men UFC 310 turnirida vaqtinchalik kamar uchun istalgan da’vogarga qarshi jang qilishga tayyorman”.

Shavkat to‘xtab qolish juda xavfli ekanligini juda yaxshi tushunib turibdi. Hozir u o‘z faoliyatining cho‘qqisida, mashhur va muvaffaqiyat qozongan. Rahmonov UFC doirasidagi 6 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan. Biroq so‘nggi bor oktagonga 2023 yilning dekabrida chiqqan edi. Agar UFC 310 dagi jang ham bo‘lmasa, bu to‘xtab qolish vaqti uzoq davom etadi. Shu bois Qozog‘iston vakili tashkilotning o‘ziga raqib topishidan juda ham manfaatdor bo‘ladi. To‘g‘ri, raqiblar bunday xavfli jangchi bilan to‘qnash kelishga unchalik intilmaydi.
Shavkat Rahmonov
Foto: Getty Images

Rahmonov deyarli mukammal jangchi, u oktagonda hamma narsa qila oladi. Shavkat o‘z faoliyati davomida stoykada ham, parterda ham nimalarga qodir ekanligini isbotlagan. Uning janglari natijalari shundan dalolat beradi. Shavkat 8 marta raqiblarini nokautga uchratgan, 10 marta usullar bilan g‘alaba qozongan. Shuning uchun qozog‘istonlik jangchi hech qanday shubha keltirib chiqarmaydi. Aftidan, u dog‘istonlik UFC chempioni Islom Maxachevga ajoyib raqib bo‘ladi. Rahmonov yengil vazn toifasidagi chempion bilan jang qilishga tayyorligini ham bildirgan.

“Maxachev bilan to‘qnashuvga tayyormanmi? Islomning o‘zi xohlasa — nega endi yo‘q? Aynan u bilan jang qilaman degan narsa yo‘q. Bunga intilmayman, barcha narsaga yaxshi munosabatda bo‘laman. Agar unda tepaga ko‘tarilish xohishi bo‘lsa, buni rad etmayman. Muammosiz”.

Shavkat — Islomning raqiblarida yetishmaydigan barcha narsaga ega bo‘lgan eng yaxshi jangchilardan. Ko‘pincha, ular jangning bir tomoniga moslashishadi. Bu esa rossiyalik jangchiga kamchiliklaridan ideal foydalanish orqali ularni chalg‘itishiga imkon beradi. Ammo Rahmonovning hech bo‘lmaganda bitta zaif nuqtasini topish qiyin bo‘ladi. Qozog‘istonlik jangchi stoykada juda yaxshi turadi.

Islomga qarshi jang eng yirik chaqiriq ekanligini Shavkat juda yaxshi tushunib turibdi. Ayniqsa, osha paytga kelib, uning yelkasida chempionlik kamari osilgan bolsa. Balki, bu UFC tarixidagi eng katta janglardan biri bo‘lar. To‘g‘ri, Konor Makgregor—Habib Nurmagomedov to‘qnashuvini qaysidir jang ortda qoldirishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Biroq, unutmaslik kerakki, o‘sha jang oldidan Habib favorit hisoblangan va u shak-shubhasiz g‘alaba qozongan. Bu qarama-qarshilikda esa kuchlar bir-biriga yaqin. Jang natijasi ham kutilmagan bo‘lishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:44, 04.11.2024.
O'qildi: 2946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.