Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ravshan Ermatov: “Andijon”ning kelasi yili Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishi Andijon xalqi uchun katta bayram”

Ravshan Ermatov: “Andijon”ning kelasi yili Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishi Andijon xalqi uchun katta bayram”

Baho:
+ | -

Bugun “Andijon” futbol klubining 60 yillik yubiley bayrami. O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegasiya Andijonga keldi.

Dastlab futbol akademiyasida bo‘ldilar. So‘ngra Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da muxlislar, futbol faxriylari, futbol mutasaddilari, yosh futbolchilar va OAV vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Unda Ravshan Ermatovdan tashqari, Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov, Azamat Abduraimov, Server Jeparov, Raxmiddin Zikriyayev va Mirzahakim To‘xtamirzayev ishtirok etdilar.

Dastlab O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatovga so‘z berildi.

“Assalomu alaykum, hurmatli aziz andijonliklar! Barchangizni ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Sizlarni “Andijon” futbol klubini 60 yoshga to‘lgani bilan muborakbod etamiz. Hammasi o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Katta mehnat talab qilinadi va buni samarasini ko‘rib turibmiz, yetkazganiga shukr.

Ko‘p yillardan beri bilamizki, Baxtiyor Hamidullayev, Rustam Abdiyev va boshqalarni ko‘rib turibmiz. Bular “Andijon” futbolini afsonalari. Hurmatli Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashlari, g‘amxo‘rliklari evaziga futbolimizda shuncha shart-sharoitlar yaratilyapti. Natijalar ham shunga yarasha bo‘lmoqda. “Andijon”ni birinchi marta O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqib va o‘sha finalni ichiga kirib ketadigan darajada o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozongani – bu butun Andijon halqini yutug‘i. Andijonda futbol har doim bo‘lgan. Eng muhimi, keyingi yili aynan Andijonda Osiyo Chempionlar ligasi o‘yinlari o‘tishi butun Andijon uchun katta bayram!

Bu yil birinchi marta yurtimizda FIFAning futzal bo‘yicha jahon chempionatini birgalikda muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Kuni kecha Koreyadan uchib keldim. U yerda FIFA prezidenti Janni Infantino yuqori minbardan turib 211 davlat futboli rahbarlari o‘tirgan zalda o‘zbekistonni alohida e’tirof etib, o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston FIFA musobaqasini tashkil qilganiga qaramaslan uni eng yuqori saviyada va nazarimda eng yaxshisini tashkil qildi, deya juda iliq so‘zlarni aytdi. Ayniqsa, muxlislarimizni alohida e’tirof etdi. Ishqibozlar Andijonni butun dunyoga yanada tanitdi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Xudoga shukr, Yurtimizdagi har bir sohada rivojlanish bo‘layotgani kabi futbolimizda ham rivojlanish bo‘layotganini har birimiz ko‘rib turibmiz. Buni barcha tan olyapti. Mana, Olimpiadaga birinchi marta chiqdik. Olimpiada ishtirok etishni butun umr orzu qilardik. “Ultras Burgut” Fransiyada butun dunyoga muxlislik qilish darajasini namoyish qildi. Bu borada yangi madaniyat shakllandiki, butun dunyo ishqibozlarini birlashtirdi va bu borada katta maktab yaratdi.

60 yil kichkina muddat emas. Lekin kelajak endi kelyapti. Akademiya bolalariga ham aytdik. Bizga son emas, sifat kerak, tizim kerak. Har bir yosh toifalardagi terma jamoalarni yillar davomida bitta tizim asosida tayyorlab borishimiz kerak. Bu yerdagi yosh avlod tarbiyalanuvchilari birinchi o‘rinda “Andijon” jamoasida to‘p surishni maqsad qilish kerak. “Real” yoki “Manchester” emas, birinchi navbatda “Andijon”! Vatanparvarlik shu yerdan boshlanadi. Undan keyin albatta terma jamoa libosini ham kiyaman, yurtimni xalqaro maydonlarda munosib himoya qilaman, degan orzu bo‘lishi albatta lozim. Shunga qarab mehnat qilsa, intilsa albatta erishadi.

“Andijon” futbol klubiga alohida baza qurilishi boshlandi. Buning uchun “Uzavtosanoat” rahbari Ulug‘bek aka Ro‘ziqulovga katta rahmat. Jamoani rivojlanishiga ulkan yordamini beryaptilar. Bunday qilinayotgan ishlar, rivojlanishga qaratilgan va kelasi yili Osiyo Chempionlar ligasini munosib o‘tkazish, guruhdan chiqib yanada uzoqqa borishga maqsad qilishimiz kerak. Shunchaki ishtirok etmaslik kerak. “Andijon”ga doim eng yaxshilari yarashadi”, - deydi Ermatov.

Kiritildi: 14:25, 05.11.2024.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.