Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Fevzi Davletov: «Adolatli natija»

Fevzi Davletov: «Adolatli natija»

Baho:
+ | -

Superligada 24-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Surxon» jamoasi bu tur o‘z maydonida «Neftchi»ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugun muhim bahs edi. Turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilib, liderlar qatoriga qo‘shilish imkoniyatini nazarga tutganda durang natija og‘ir o‘yin bo‘ldi. Adolatli natija. Vaziyatlar bo‘ldi, foydalanish kerak edi. Bunday imkoniyatlar doim ham bo‘lavermaydi. Raqib ham yaxshi himoyalandi. Shu sababli bu uchrashuv qiyin o‘tdi.

— «Surxon» barqarorlik ko‘rsatmoqda – o‘tgan mavsum jamoa 6-o‘rinni egallagandi. Klub rahbarlari jamoa faoliyatiga qanchalik qiziqish bildirmoqda? Natija ularni qanchalik qoniqtirmoqda?

— Rahbariyat har doim biz bilan doimiy aloqada. Bugun ham gaplashdik. O‘tgan yili 6-o‘rin bo‘lgandi. Bu mavsumda yuqoriroqda bo‘lishga harakat qilamiz. Bizda shu o‘yinda va oldingi uchrashuvda ham xatolar, yo‘qotishlar bo‘ldi. Samarqandda ham ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Rahbariyat ko‘rsatayotgan o‘yinimizdan xursand. Murabbiy xohlagan o‘yinni yigitlar namoyish etishmoqda. Qaysidir bellashuvlarda hujumlarda biroz bo‘shashdik, hujumchilar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Chetlatishlar bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. O‘yin tashkil etish bo‘yicha, menimcha, bizda hammasi joyida.

Maydonimizda rekonstruksiya ishlari nihoyasiga yetmaganligi uchun Samarqandda o‘ynamoqdamiz. Keyingi yildan Termizda uy uchrashuvlarimizni o‘tkazamiz. Albatta, doim vaziyatdan xabardor bo‘lib turibmiz.

— Jamoani 7-o‘rindaligi sizni qoniqtiryaptimi?
— Natija bo‘yicha ha. Kubok bahsida biroz omad kelmadi. Finalga chiqish imkoniyatimiz ham bor edi, ammo aytganimdek, biroz omad yetishmadi.

— Superliga yakunlanishiga 2 tur qoldi. Natijalardan qanchalik qoniqyapsiz?
— Bizda tartibsiz o‘yinlar ham bo‘ldi. Shunday uchrashuvlardan xulosa qilib bunday vaziyatdan chiqib keta oldik. Klubning maqsadi va o‘yini bor. Buning uchun yanada ko‘proq ishlash kerak.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:08, 10.11.2024.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.