Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

“Real” tarkibni Saudiyadan kuchaytirmoqchi

“Real” tarkibni Saudiyadan kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi qishda Eymerik Lyaportni sotib olmoqchi.

Relevo xabariga ko‘ra, himoyadagi jarohatlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli klub qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish zarurligini tushuna boshlagan. Markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash ustuvor vazifa hisoblanadi.

"Real Madrid" direktorlar kengashi va sport rahbariyati "An-Nasr" futbolchisining nomzodiga katta urg‘u beradi.

30 yoshli himoyachi o‘zining samaradorligi, top-turnirlardagi tajribasi, jumladan, yaqinda Yevrodagi ishtiroki, shuningdek, jamoa talab qiladigan o‘yin mahorati va Ispaniya fuqaroligi uchun klubda yuqori baholanadi.

Ammo transfer qimmatligi, shuningdek, saudiyaliklar himoyachini qo‘yib yuborishni istamagani uchun juda qiyin bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:59, 10.11.2024.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик