Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Boks. Bakole IBF chempioni Dyubuaga qarshi jang qilishga tayyor

Boks. Bakole IBF chempioni Dyubuaga qarshi jang qilishga tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Superog‘ir vazn toifasi reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan Martin Bakole 22 fevral kuni IBF chempioni Deniel Dyubuaga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanini ma’lum qidi.

Bu xabarni kongolik bokschining promouteri Ben Shalom tasdiqladi. Dyubuaning promouteri Frenk Uorren ayni paytda mijozi uchun raqib izlamoqda. Entoni Joshuaga qarshi revansh jangining fevral oyida o‘tkazilmasligi deyarli oydinlashdi. Vaziyatdan unumli foydalanib qolish maqsadida Bakole chempionga chaqiruv tashladi. Aslida u reytingning uchinchi pog‘onasidan joy olgan Agit Kabayelga qarshi da’vogarlarning final jangida ringga ko‘tarilishi kerak.

"Martin Bakole Deniel Dyubua bilan jangga tayyor. Agar chempionga fevral oyi uchun raqib izlashayotgan bo‘lsa, Martin nomzodini taklif qilamiz", — dedi Shalom Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

IBF Bakole - Kabayel jangi uchun promouterlar savdosini 14 noyabrga ko‘chirdi. Shalomning fikricha, bu holat Bakolening yakunda chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyatini oshiradi.

"Martin — superog‘ir vazn toifasining kelajagi. U chempionlik jangiga juda yaqin keldi. Uni bu yo‘lda hech kim to‘xtata olmaydi. Avvaliga Dyubua mag‘lub etiladi, keyin chempionlik kamarlari birlashtiriladi", — dedi Bakolening promouteri.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 11:28, 11.11.2024.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик