Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirda mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirda mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

Hindistonning Kalkutta shahrida Tata Steel Chess India turniri bo‘lib o‘tmoqda. Mukofot jamg‘armasi 41500 AQSH dollarini tashkil etadigan turnirda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.

Bugun musobaqaning rapid yo‘nalishida yaga 3 ta tur o‘yinlari o‘tkazildi. Abdusattorov mezbon sportchilari — Nixal Sarin va Vidit Santosh Gujarathi bilan durang qayd etdi. Kun yakunida hamyurtimiz yana bir hindistonlik shaxmatchi Sunildut Narayananni mag‘lub etdi.

Natijada Nodirbekning ochkolari 4,5 taga yetdi. Bugun 3 ta o‘yinda g‘alaba qozongan Magnus Karlsen 5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. AQSHlik Uesli So 3,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ertaga rapid yo‘nalishida g‘oliblar aniqlanadi. Abdusattorovni Ueslo So, Arjun Erigaisi va Magnus Karlsenga qarshi janglar kutib turibdi.

16 va 17 noyabr kunlari blis yo‘nalishida bahslar bo‘lib o‘tadi. Unda shaxmatchilar o‘zaro ikki marta dona surishadi.

G‘oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

Rapid yo‘nalishida:

1-o‘rin — 10 ming AQSH dollari;
2-o‘rin — 6 ming AQSH dollari;
3-o‘rin — 3 ming AQSH dollari.

Blis yo‘nalishida:

1-o‘rin — 7,5 ming AQSH dollari;
2-o‘rin — 4 ming AQSH dollari;
3-o‘rin — 2,5 ming AQSH dollari.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:49, 14.11.2024.
O'qildi: 3640 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик