"Manchester Yunayted" vingeri Antoni klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Braziliyalik futbolchi bu mavsumda Erik ten Xag qo‘l ostida kamdan-kam maydonga tushdi. Kutilganidek, Ruben Amorim murabbiylik lavozimiga tayinlanganidan keyin Antoni uchun vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi dargumon, shu sababli mish-mishlar 24 yoshli futbolchini boshqa klubga bog‘lamoqda.
Biroq, jurnalist Xorxe Nikolaning xabar berishicha, Antonining agenti mijozining «Manchester Yunayted»da qolish niyatini ma’lum qilgan.