Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Agar Anchelotti iste’foga chiqarilsa, "Real Madrid" Solarini tayinlashi mumkin

Agar Anchelotti iste’foga chiqarilsa, "Real Madrid" Solarini tayinlashi mumkin

Baho:
+ | -

Agar Karlo Anchelotti iste’foga chiqarilsa, "Real Madrid" Santyago Solarini tayinlashi mumkin.

65 yoshli italiyalik bu mavsumda jamoaning ishonchsiz o‘yinlari, jumladan, "Barselona" (0:4) va "Milan" (1:3)dan ketma-ket ikki marta mag‘lubiyatga uchragani uchun tanqidlar nishoniga aylangan. La Ligada madridliklar ikkinchi o‘rinda va bir o‘yin bilan kataloniyaliklardan 6 ochko ortda qolmoqda, Chempionlar ligasida esa 4 turda 2 ta mag‘lubiyatdan so‘ng 17-o‘rinda bormoqda.

AS nashri xabariga ko‘ra, Anchelottining "Real" bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi so‘roq ostida. Uning o‘rniga direktor Santyago Solari nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Argentinalik futbolchi 2000 yildan 2005 yilgacha "Real Madrid"da yarim himoyachi sifatida o‘ynagan va Xulen Lopetegi iste’foga chiqarilganidan keyin 2018 yilning oktyabridan 2019 yilning martigacha jamoani boshqargan.

Solari boshchiligida madridliklar 31 uchrashuv o‘tkazib, 21 ta g‘alabaga erishgan, 2 bor durang o‘ynagan va 8 ta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Argentinalik mutaxassis 2019 yil mart oyining birinchi haftasida Chempionlar ligasi doirasida “Ayaks”dan uchralgan mag‘lubiyat (1:4) va “Barselona”dan uchralgan ikki mag‘lubiyatdan so‘ng (Kubok va La Ligada) iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: 07:01, 16.11.2024.
O'qildi: 2765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик